Asarlarga qaytishShe'r

Sevmoqni shoirdan o‘rganing

Sanjarrr

Siz oddiy sevmangiz, shunchaki, xira, Tuyg‘ular rangini alanga qiling. Yerga tushmagan u orzular sira, Sevmoqni eng avval shoirdan oling! U shunday sevadi — yonadi olam, Kuygan satrlardan sachraydi uchqun. Uning nigohida yig‘laydi qalam, Uning yuragida yashirin afsun. Sevmoqni shoirdan o‘rganing, do‘stlar, U bitta nigohga jonini tikar. Sizni bor-yo‘g‘ingiz sog‘inib, izlab, Butun bir dunyoni poyizga to‘kar. Shoirning ishqida chek-chegara yo‘q, U shirin azobdan baxtni topadi. Ko‘zidan sachrasa otashin bir o‘q, Sukunat bag‘rini yorib chopadi. U sizni sevadi gullar tilida, Yomg‘irning har bitta tomchisi guvoh. Eriydi eng muzlagan qalblar ham dilda, Shoirning sevgisi — eng shirin gunoh! Siz oddiy sevmangiz, shunchaki, xira, Tuyg‘ular rangini alanga qiling. Bu foniy dunyoda o‘lmaslik uchun, Sevmoqni o‘chmas bir she’rdayin biling! Sanjar Mukhammadov